ID-kartasi borlarning my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yanada ortadi (video)
ID-karta egasi my.gov.uz portalida avtomat ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanib, elektron davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz foydalana oladi.
Shu kungacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 378 ta xizmat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayrim xizmatlardan foydalanishda elektron raqamli imzo talab etiladi.
Elektron-raqamli imzo o‘zi nima? ERI — bu an’anaviy qo‘l imzoning raqamli (elektron) shakli. Muhim jihati, ERI qonunchilik bilan an’anaviy imzoga tenglashtirilgan. U elektron hujjatlarni imzolash va haqiqiyligini tekshirishda shaxsni tasdiqlash uchun xizmat qiladi.
Masalan, shunday notarial hujjatlar va muhim ma’lumotlar borki, ularni elektron raqamli imzosiz boshqarish mumkin emas!
Agar sizda ID-karta bo‘lsa, imkoniyatlaringiz yanada kengayadi! Negaki unga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati yuklangan bo‘ladi va bu sizga bir qancha qulayliklarni taqdim etadi.
My.gov.uzda ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish mumkin?
Shunchaki One ID tizimida ID-karta orqali kirishni belgilang, imzo chekishda ham aynan ID-kartani tanlang! Smartfoningizdagi NFC moduli orqali osongina ID kartani tasdiqlashingiz mumkin. Endi siz my.gov.uzning barcha xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga egasiz!
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan yana bir qulaylik.
Agar biometrik pasportni ID-kartaga o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, istalgan vaqtda my.gov.uz orqali ariza yuborishingiz mumkin. Bu juda oson!
Xizmatlar ro‘yxatidan, “Pasportni ID-kartaga almashtirish uchun ariza yuborish” bo‘limini tanlang. Jarayon atigi ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishib chiqib, tasdiqlaysiz. Ikkinchi bosqichda Migratsiya bo‘limiga borish sanasi, vaqti, hududini belgilash kabi sodda amaliyotlarni bajargan holda arizani to‘ldirasiz. Endi bemalol o‘zingizga qulay vaqtda yig‘ish punktiga borsangiz bo‘ladi.
My.gov.uz bilan barchasi juda sodda va qulay!


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter