Huawei iPhoneni tanqid qildi

Huawei iPhonening favqulodda sun’iy yo‘ldoshli aloqa opsiyasini tanqid qildi. Huawei Consumer Business Group texnik direktori Bryus Lining aytishicha, iPhone 14 smartfonlaridagi Emergency SOS funksiyasi ancha noqulay.
Undan foydalanish uchun foydalanuvchi telefon sun’iy yo‘ldoshni topgunicha kutishi kerak. Keyin apparat qutqaruvchi va tez yordam xodimlariga ma’lumot jo‘natguncha yana vaqt ketadi.
O‘z navbatida, Bryus Li Huawei smartfonlaridagi shunga o‘xshash funksiyani maqtadi. Mobil aloqa yo‘q bo‘lgan payt MeeTime messenjerini ochish kifoya. Shunda favqulodda xizmatlar bilan aloqaga kirishiladi.
Huawei Mate 50 smartfoni avvaliga bir tomonlama aloqani qo‘llab-quvvatlar edi. Funksiyaning ikkinchi versiyasi real vaqt davomida xabar jo‘natish va javoblar qabul qilish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter