Fevral oyining eng kuchli android-smartfonlari (top-10)

Red Magic 8 Pro+
AnTuTu jahon bozorida sotilayotgan android-smartfonlar orasidan ishlab chiqaruvchanligi eng yuqori o‘ntasini tanladi. Ushbu smartfonlarning aksariyati Snapdragon 8 Gen 2 protsessorida ishlaydi.
Reyting AnTuTu Benchmark V9 ga asoslandi. Ro‘yxatga kiritilgan smartfon modellari kamida 1 000 ta haqiqiy bahoga ega bo‘lishi kerak, ro‘yxatda shularning o‘rtachalari keltirilgan. Ma’lumotlar 2023-yilning 1-fevralidan 28-fevraliga qadar to‘plangan.
Demak, fevral reytingi chempioni — ZTE Nubia Red Magic 8 Pro+. Smartfon to‘plagan o‘rtacha ball — 1,3 mln. Ushbu smartfonning tezkorligi oshishida undagi sovitish tizimi (ventilyator)ning roli katta, deya baholadi AnTuTu.
Ikkinchi o‘rinda — X90 Pro+, uchinchi — iQOO 11.
Reytingdagi 10 ta smartfondan 7 tasida Snapdragon 8 Gen 2 protsessori o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter