Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ernie Bot chat-botidan foydalanuvchilar soni 100 millionga yetdi

Ernie Bot chat-botidan foydalanuvchilar soni 100 millionga yetdi

Foto: Habr.com

Baidu texnik direktori Van Xayfen Ernie Bot chat-botining auditoriyasi 100 million foydalanuvchiga yetganini xabar berdi.  

Chat-bot kitob mazmunini qisqacha umumlashtirish va uning hikoyasini davom ettirish, matn so‘rovlaridan fotosuratlar va videolar yaratish, shuningdek, sun’iy intellekt uchun tanish bo‘lgan boshqa vazifalarni bajarishga qodir. Umuman olganda, chatbotning funksionalligi OpenAIga tegishli ChatGPT imkoniyatlariga to‘g‘ri keladi.

Baidu bosh direktori Robin Li bir necha bor kompaniyaga qidiruv tizimlari, bulutli xizmatlar va aqlli avtomobillarda bozor ulushini olishga yordam berishda Erniening salohiyatini ta’kidladi.

Sun’iy intellekt asosidagi generativ chatbotlarni baholovchi SuperCLUE agentligi reytingida Ernie barcha Xitoy chat-botlari orasida yetakchi hisoblanadi. Biroq u 79,02 ball bilan ChatGPTning so‘nggi versiyasidan 10 balldan pastroq natijani qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring