Dunyodagi eng yaxshi avtomobilni Tesla Model 3 dan ancha arzonroqqa olishingiz mumkin

Hyundai yaqinda AQShdagi dilerlariga Ioniq SE va SEL variantlari 5000 dollarlik chakana bonus bilan sotilishini tasdiqlovchi xat yubordi.
Ilgari ham Ioniq 5 chegirma bilan sotuvga chiqarilgan, biroq uning chegarasi 3750 dollar edi. Yangi narx Ioniq 6 ni atigi 37 715 dollarga sotib olish mumkinligini anglatadi.
Bundan tashqari, AQShda elektromobillar uchun kreditlar bo‘yicha foizlar ham kamaytirildi. Ya’ni, 60 oyga 2,75 foizdan 1,49 foizgacha. Hattoki Ioniq 6 avtomobili 48 oyga atigi 0,99% foiz stavkasi bilan ham mavjud.
Ioniq 6 ning asosiy raqobatchilaridan biri Tesla Model 3 ning narxi 41 630 dollardan boshlanadi. Ha aytgancha, Tesla Model 3 avtomobilida ham 7500 dollarlik soliq imtiyozi mavjud. Bu degani kaliforniyalik xaridorlar uni qo‘shimcha 2000 dollar chegirma olishlari mumkin.
Hyundai Ioniq 6 yaqindagina bozorga kirib kelgan bo‘lsada, allaqachon butun dunyo jurnalistlari tomonidan yaxshi qabul qilingan. Qolaversa, u bahorda "Jahon avtomobili" va "Jahon elektr avtomobili" nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter