Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng yengil bo‘yoq yaratildi

Dunyodagi eng yengil bo‘yoq yaratildi

Illyustrativ foto

Tadqiqotchilar issiqni qaytaruvchi, har xil rangdagi va asrlar davomida xizmat qilishi kutilayotgan yangi bo‘yoq turini yaratishdi.

Yangi bo‘yoq odatiylari kabi pigmentlardan hosil qilinmagan. Bu bo‘yoq nanozarralarning tarkibiy joylashuvini o‘zgartirish orqali hosil qilinadi.

Eng farqli jihati, bu bo‘yoq juda yengildir. Masalan, “Boeing 747” samolyotini bo‘yash uchun atigi 1,4 kilogrammi yetadi. Solishtirish uchun: oddiy bo‘yoq bo‘lganida kamida 454 kilogramm sarflanardi.

Tadqiqotchilarning aytishlaricha, ushbu bo‘yoq qoplamasining osti boshqa bo‘yoqlarnikiga nisbatan Selsiy bo‘yicha 13-16 daraja sovuqroq turadi, ya’ni u issiqni ham qaytaradi.

Bo‘yoq laboratoriya sharoitida kam miqdorda chiqarilgan, keng ko‘lamli chiqishi — vaqt masalasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring