Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ChatGPTdan ham aqlli ko‘zoynak – aynan siz uchun kerak!

ChatGPTdan ham aqlli ko‘zoynak – aynan siz uchun kerak!

Foto: 4PDA

Solos kompaniyasi ChatGPT chat botiga tezkor kirish imkoniyatiga ega AirGo3 aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi.

Aksessuar gapni tog‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilishi, smartfonga kelgan bildirishnomalarni ko‘rsatishi va hattoki fitnes-treker vazifalarini bajarishi mumkin.

Yangi mahsulotning tashqi ko‘rinishi oddiy ko‘zoynakdan deyarli farq qilmaydi. Gadjetni ovozli yoki mobil ilova orqali boshqarishingiz mumkin.

ChatGPT bilan suhbatlashish uchun siz shunchaki ovoz chiqarib savol berishingizning o‘zi kifoya. Aqlli ko‘zoynak ko‘rinmas mikrofon yordamida sizni eshitadi va qulog‘ingiz yaqinida joylashgan kichik dinamiklar orqali savolingizga javob beradi.

Bundan tashqari, yangi mahsulot TWS minigarnituralari va fitnes-treker vaazifalarini ham bajara oladi.

Ya’ni, dono ko‘zoynak sizga o‘qishda yoki ish jarayonida noto‘g‘ri holatda o‘tirganingiz haqida xabar beradi, muntazam ravishda suv ichishni eslatadi, kaloriya iste’moli va boshqa faollik ko‘rsatkichlarini ham kuzatib boradi.

Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, akkumulyator quvvati yetti soat telefonda subatlashish va 10 soatgacha musiqa tinglash uchun bemalol yetadi.

Yangi mahsulot allaqachon AQShda turli dizayn va narxlarga ega uchta modifikatsiya asosida sotuvga chiqdi.

Jumladan, Argon – 299 dollar, Xeon – 199 dollar va geliy – 199 dollar. Ularning barchasi IP67 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan. Eng asosiysi, ko‘zoynakka retsept bo‘yicha istalgan linzalarni o‘rnatish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring