ChatGPT tufayli dasturchilar bir-birlari bilan muloqot qilishni to‘xtatdilar
IT-mutaxassislari uchun eng mashhur bo‘lgan Stack Overflow forumidagi savol va javoblar soni 25% ga qisqargan.
Keskin pasayish OpenAI til modeli chiqarilayotgan paytda boshlandi. Ushbu tendensiya Python va Java Script haqidagi savollarga ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu muammoga olib kelishi mumkin: agar qo‘llanmalar forumlarda chiqmay qo‘ysa, SI modellarini o‘qitish uchun manbalar bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter