Bu g‘ilofning puliga iPhone 14 Pro sotib olish mumkin

Hermès brendi AirPods Pro uchun g‘ilof ishlab chiqardi. To‘g‘rirog‘i, u g‘ilof emas, sumkacha.
Aslida quloqchin uchun g‘ilofni 10 dollarga sotib olish mumkin, lekin Hermès g‘ilofi naq 930 dollar. G‘ilofning o‘zi, quloqchinni qo‘shmagan holda, tushunyapsizmi? Uning puliga butun boshli iPhone 14 Pro sotib olish mumkin.
O‘zi kichkinagina-yu, narxi otning kallasidek bo‘lgan bu sumka AirPods Pro quloqchinining barcha avlodlariga mos keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter