Besh soniyada 2D tasvirni 3D modelga aylantiradigan sun’iy intellekt

Adobe va Avstraliya Milliy universiteti tadqiqotchilari 2D tasvirlarni atigi 5 soniyada 3D modellarga aylantiruvchi algoritmni ishlab chiqdi. U ko‘ngilochar kontent yaratishda inqilob yasaydi, ammo mualliflik huquqi buzilishi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin.
Katta rekonstruksiya modeli yoki LRM deb ataladigan yangi algoritm turli xil tasvirlar bo‘ylab ajoyib umumlashtirish qobiliyatini namoyish etdi. U 500 million parametrga ega chuqur o‘rganish sohasidagi ko‘plab ishlanmalar uchun asos bo‘lgan transformator arxitekturasidan foydalanadi.
Algoritm sifat va aniqlikni saqlab qolgan holda, batafsil geometriya va murakkab to‘qimalarni ishlab chiqarishga qodir. Bu zamonaviy dunyoda sun’iy intellektning ortib borayotgan roli va uning ijodiy sohalar kelajagiga ta’sirini ifodalaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter