Bard chat-botida yangi funksiya
Google o‘zining Bard chat-botiga tasvir yaratish funksiyasini qo‘shishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya 2022-yilda tavsif bo‘yicha tasvirlarni yaratish uchun o‘zining neyrotarmog‘ini taqdim etdi. 2023 yilning kuzida Google Imagen asosida qidiruv tizimida SGE (Search Generative Experience) funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi.
2023-il oxirida Google oldindan dasturlashtirilgan uslub o‘rniga o‘quv ma’lumotlarini tabiiy taqsimlashdan foydalangan holda realroq tasvirlarni yaratuvchi Imagen 2 modelini taqdim etdi.
U kontekstni tushunishni yaxshilaydi, qo‘llar va inson yuzlarini real ko‘rsatadi, shuningdek, asl tasvirni kengaytirishi mumkin. Keyinchalik texnologiya Google Clouddagi Imagen API orqali bulutli dasturchilar va mijozlarga taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter