Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aqlli termos qancha suv ichganingizni hisoblab boradi

Aqlli termos qancha suv ichganingizni hisoblab boradi

Foto: Hi-tech.mail.ru

Xitoyning texnologiya giganti Huawei kompaniyasi Thermos bilan hamkorlikda Smart Selection Smart Insulated Cup Pro aqlli termosini chiqardi. U sensorli  OLED-ekranga ega.

Yangi mahsulot tarkibidagi haroratni 6 soat ushlab turadi. Bunda issiq va sovuq ichimliklar nazarda tutilgan. Birinchisi sovib ketmaydi, ikkinchisi qizib ketmaydi.

Termos Huawei Smart Life ilovasi bilan bog‘liqlikda ishlaydi. Dastur foydalanuvchining kuniga, haftasiga va oyiga qancha suv ichgani haqida hisobotni ko‘rsatadi.

Hozircha qurilma faqat Xitoyda sotiladi. Narxi: 369 yuan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring