Aqlli gitarada 300 ta musiqani yozib olish mumkin

"Mogabi" aqlli gitarasi maxsus dinamik va ichki xotiraga ega. Unga quloqchinlarni ulash mumkin, "Bluetooth"ni qo‘llab-quvvatlaydi. Vazni 2,7 kilogramm. Yig‘ilish xususiyati bilan ham soxa egalariga qulaylik tug‘diradi.
Ushbu gitarada ijro etilgan kuyni yozib olish mumkin. 32 GB miqdoridagi xotira 300 ta musiqani saqlashga yetadi. Smartfondagi ilova orqali ovozlarni tahrirlash imkoniga egasiz.
USB moduli fonogrammadan foydalanishga sharoit tug‘diradi. Gitaraning quvvatlantirilgan batareyasi 6 soat ishlashga yetadi.
Gitaralar shu yil iyundan investorlarga yetkazib beriladi. Narxi 600 dollar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter