Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Akula shaklidagi kompyuter

Akula shaklidagi kompyuter

Foto: Hi-tech.mail.ru

Kompyuterlar va aksessuarlarning taniqli ishlab chiqaruvchisi Cooler Master ko‘pincha odatiy bo‘lmagan shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqaradi. 2023 yilda kompaniya Sneaker X krossovkasi ko‘rinishidagi o‘yin kompyuterini taqdim etgandi. Endi esa kompaniya CES 2024 ko‘rgazmasida Shark X - akula ko‘rinishidagi kompyuterni namoyish etdi.

Ajabtovur kompyuter sotuvi 2024 yilning ikkinchi choragida boshlanishini ma’lum qildi. Narxi 7 000 dollar.

U Intel Core i7-14700KF chipi, Gigabyte Z790I AORUS Ultra asosiy kartasi, MSI GeForce RTX 4070 Ti Gaming video kartasi bilan jihozlangan. Shuningdek, 32 GB DDR5-5600 operativ xotira uyasi va 1 TB M.2 PCI-E Gen4 drayveri o‘rnatilgan. Cooler Master 120 AIO suyuq sovutish tizimi orqali sovutiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring