Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

A54 ni ortda qoldiradigan Samsung Galaxy F54 5G

A54 ni ortda qoldiradigan Samsung Galaxy F54 5G

Foto: India Today

Kuni kecha Samsung kompaniyasi rasman Galaxy F54 5G smartfonini taqdim etdi.

Bu Galaxy A54 5G ning o‘zgartirilgan va ancha takomillashtirilgan talqinidir.

Endilikda qurilma yaxshiroq kamera va kattaroq batareyaga ega bo‘ldi.

Yangi smartfon diagonali 6,7 dyuymli, Full HD+ o‘lchamli va 120 Gs kadr chastotali Super AMOLED+ ekraniga ega bo‘ldi. Uskuna platformasi SoC Exynos 1380 asosida qurilgan, xotira hajmi 8 va 256 GB.

Qurilma One UI 5.1 interfeysi bilan Android 13 da ishlaydi.

Qolaversa, Samsung to‘rt yillik Android yangilanishlarini va to‘liq besh yillik xavfsizlik yangilanishlarini kafolatlamoqda.

Narxiga kelsak, Galaxy F54 5G Hindistonda 340 dollar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring