Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YouTubeda reklamalarni o‘tkazib yuborish yanada qiyinlashdi

YouTubeda reklamalarni o‘tkazib yuborish yanada qiyinlashdi

Foto:Boosm.site

Bir necha oylik sinovlardan so‘ng Google YouTube pleyerining dizaynini yangiladi. Biroq, o‘zgarish juda ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Endilikda zerikarli reklamalarni o‘tkazib yuborish yanada qiyinlashdi.

Yangicha “reklamalarni o‘tkazib yuborish” tugmasi nafaqat avvalgi versiyasidan, balki sinov bosqichidagidan ham tubdan farq qiladi.

Ya’ni, mazkur tugma yanada kichikroq bo‘ldi va uning qirralari ham yumaloq bo‘lib qoldi, shuning uchun uni barmoq yoki sichqoncha kursori bilan urish bir muncha qiyinroq.

Ammo tugmaning joylashuvi o‘zgarmadi. U shaxsiy kompyuterlarda ham, mobil qurilmalarda ham bir xil ko‘rinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring