Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoylik olimlar amerikalik hamkasblaridan o‘zib ketishdi, ammo...

Xitoylik olimlar amerikalik hamkasblaridan o‘zib ketishdi, ammo...

Foto: 3DNews

Yaponiya fan-texnika siyosati milliy instituti hisob-kitoblariga qaraganda, 2018­­­–2022-yillarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni bo‘yicha Xitoy AQShdan o‘zib ketdi.

Shu davrda xitoylik olimlarning 407 mingta maqolasi e’lon qilingan bo‘lsa, amerikaliklar olimlarning 293 mingta maqolasi chiqqan.

O‘ziga xos “sirtqi raqobat”dan tashqari, ikki mamlakat ilmiy jamoatchiligi qatnashchilari o‘rtasida bevosita ziddiyat ham mavjud. Masalan, AQSh adliya vazirligi josuslarni topish maqsadida xitoylik fan namoyandalarini tinmay kuzatib keladi va AQShda faoliyat yuritayotgan 100 dan ziyod xitoylik olimni ishdan bo‘shattirishga ham ulgurdi. Xitoy esa fan sohasida mamlakatga keluvchi xorijlik mutaxassislarga nisbatan qattiqroq siyosat yuritishni boshlagan.

Shu kontekstda xitoylik olimlarning rahbariyat ilmiy maqolalar sifatini emas, sonini oshirishga majburlayotgani haqidagi noroziliklari e’tiborga molik. Bu haqdagi ilk xabarlar 2023-yil fevralida Si Szinpin mamlakat ilm-fanini moliyalashtirish oshirilishi haqida bayonot berganidan so‘ng paydo bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring