Toyota elektromobillarga shubha bilan qaramoqda
Toyota kompaniyasi boshqaruvi raisi jahon avtomobillar bozorida elekromobillarning ulushi hech qachon 30 foizdan oshmaydi, deya bayonot berdi. O‘z fikrini jahonda bir milliard kishi hanuz elektrsiz yashayotgani bilan dalillagan Akio Toyoda aytdiki, avval bu muammoni hal etmasdan turib transportni elektrlashtirish ahmoqlikdir.
Akkumulyatorli elektromobillarning global ulushi nari borsa 30 foizga yetadi, qolgan 70 foizi yonilg‘ida yuruvchi hamda gibrid va vodorodli mashinalarga to‘g‘ri keladi, dedi u. Toyodaning ta’kidlashicha, Toyota missiyasi — elektromobillarga o‘tish emas, balki havoni CO2 bilan ifloslantirishni qisqartirishdir. Bunga turli yo‘llar bilan erishiladi. Masalan, hozir elektromobillarni ishlab chiqarish jarayonida ichki yonuv dvigatelli mashinalarni chiqarishga qaraganda ko‘proq karbonat angidrid ajralmoqda.
Ma’lumot uchun: Toyota ijrochi direktori Kodzi Sato o‘tgan yili ma’lum qilishicha, Toyota 2026-yilda 1,5 millionta, 2030-yilda 3,5 millionta elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter