Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekran haydovchilarni chalg‘itib, avtohalokatlarga sababchi bo‘lmoqda

Ekran haydovchilarni chalg‘itib, avtohalokatlarga sababchi bo‘lmoqda

Foto: Cypruslegend.com

Rossiyadagi yirik baxtsiz hodisalarda telefon ekranlari aybdor deb topilgan. Avtohalokatlarning deyarli yarmi - 45 foizi haydovchining u yoki bu devays ekrani bilan chalg‘iganligi sababli sodir bo‘ladi.

Ko‘pincha haydovchilar e’tiborini ekran, navigatsiya tizimi, smartfon va asboblar panelidagi displeyli videoregistratorlar jalb qiladi.

Germaniyaning Allianz sug‘urta kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yo‘l-transport hodisalarining 60 foizdan ortig‘i haydovchilarni turli devays va gadjetlarga chalg‘ishi bilan bog‘liq.

Ayniqsa avtopilotga o‘rganib qolgan haydovchilarda to‘satdan yuzaga kelgan vaziyatlarga reaksiya tezligi pasaygan va uyquchanlik kuchaygan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring