Avtopilot mashinalar bolalar va qora tanli piyodalarni tanib olishda qiynaladi

Avtonom haydash tizimlarini ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, ularning dasturiy ta’minoti oq tanli kattalar, bolalar va qora tanli piyodalarni bir xil darajada yaxshi taniydi. Biroq London qirollik kolleji olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot bu mutlaqo noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi.
Tadqiqotchilar neyron tarmoqlarga asoslangan 8 ta piyodani aniqlash tizimini sinovdan o‘tkazishdi. Sinov jarayonida piyodalarning 8 mingdan ortiq tasviridan foydalanilgan. Ma’lum bo‘lishicha, piyodalarni aniqlash tizimlari kattalarni bolalarga qaraganda 20 foizga yaxshiroq taniy oladi. Bundan tashqari, dasturiy ta’minot ochiq tanli odamlarni aniqlashda qora tanli piyodalarga qaraganda 7,5% aniqroqdir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, qora tanli odamlarni tanib olish muammosi shundaki, avtonom haydash tizimlari asosan oq tanlilarning tasvirlariga o‘rgatiladi.
Olimlar qora tanli odamlarni tanib olish aniqligi past yorug‘lik sharoitida sezilarli darajada pasayishini aniqladilar. Bu tungi vaqtda sun’iy intellektga asoslangan piyodalarni aniqlash tizimlaridan foydalanishda xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Avtomobil ishlab chiqaruvchilari piyodalarni tanib olish uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minot haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter