Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

20 ming topaman deb 6 millionga tushgan odam tegishli saboq chiqardi

20 ming topaman deb 6 millionga tushgan odam tegishli saboq chiqardi

Foto: Illyustrativ foto

- Qayerga borasiz?

- Chorsuga. Qancha bo‘ladi?

- 25 ming.

- Sal tushiring, aka.

- Bo‘pti, 20, o‘tiring.

Hali bir bekatli yo‘l bosib o‘tishga ulgurmay mashinani yo‘l-patrul xodimi to‘xtatdi. Serqatnov yo‘l chekkasida turvolib savdolashishlariga guvoh bo‘lgan inspektor haydovchiga tushuntirdi:

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi Qaroriga asosan shaxsiy avtomashinasiga ega fuqarolarning litsenziyasiz kira qilishi taqiqlanadi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga ko‘ra avtomobilida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solinishiga asos bo‘ladi.

Haydovchi o‘zini oqlagan bo‘lib u dedi - bu dedi, oxiri 6 million 600 ming so‘m to‘lashga ko‘ndi, boshqa iloj ham yo‘q. Dardini do‘stiga aytgandi, u ham aybni o‘ziga yuklab qo‘ydi.

- Har kuni kirakashlik qiladigan odamsan, litsenziya olib qo‘ysang bo‘lmasmidi?! 330 ming so‘m sarflarding - tamom!

- To‘lagan jarimamning oldida arzimagan pul ekan, faqat uning yugur-yuguriga qachon vaqt topaman? Bilasan-ku, hujjatli ishlarga yo‘qman.

- Lekin bu litsenziyani onlayn olish ham mumkin-ku. Hech qayerga borib o‘tirmaysan, barini mana shu qo‘l telefoningda hal qilasan. Arizani my.gov.uz orqali topshirsang, 10 foiz chegirma bilan 297 ming so‘m to‘laysan.  

Do‘stlar arizani birga to‘ldirishdi. Bunga 10 daqiqa ham ketgani yo‘q. 2 kun ichida litsenziya varaqasi qo‘lida bo‘ldi. Endi bemalol yo‘llarda to‘xtab, odam olaveradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring