Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yandeks kolonkalar endi Wi-Fisiz ishlaydi

Yandeks kolonkalar endi Wi-Fisiz ishlaydi

Foto: 4PDA

Yandeks kompaniyasi Yandex Stationning yangi proshivka versiyasi chiqarilishini ma’lum qildi. Yangi funksiya qurilmaga oddiy Bluetooth dinamiki sifatida ishlash imkonini beradi.

Endilikda yaqin atrofda Wi-Fi bo‘lmasa ham, Yandeks kolonkalarga smartfon yoki boshqa qurilmalardan Bluetooth orqali ulanish mumkin.

Ammo buning uchun ikkita shartni bajarilishi kerak:

  • Dastavval mikrofon ovozini o‘chirish tugmasini to‘rt marta bosing;
  • Keyin esa smartfoningizda Bluetooth qurilmasini qidirishni boshlang, ro‘yxatdan kerakli manzilni tanlang va unga ulaning.

Agar kolonka oldindan internetga ulangan bo‘lsa, u holda shunchaki "Alisa, Bluetoothni yoq!" sehrli so‘zlarini aytsangiz kifoya!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring