Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kembrij universitetida sun’iy intellektni o‘rganuvchi institut ochildi

Kembrij universitetida sun’iy intellektni o‘rganuvchi institut ochildi

Foto: RSpectr

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti sun’iy intellektni o‘rganish uchun alohida texnologiyalar va insoniylik institutini ochdi. Ushbu xabar universitetning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Institutni tashkil etishdan maqsad — yangi texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq imkoniyatlar va muammolarga yechim topishdir, deyiladi xabarda.

Kembrij universiteti professori Stiven Keyvning xavotirlanishicha, sun’iy intellekt texnologiyalari salbiy ssenariylar yaratishi va “total urushni keltirib chiqarishi” mumkin ekan.

Yangi institut tadqiqotchilari sun’iy intellektr rivojlanishini muttasil tahlil qilish bilan shug‘ullanib, paydo bo‘layotgan salbiy tendensiyalardan ogohlantirib borishadi. Tadqiqotlarga turli sohalardan — tarixchilar, faylasuflar, kompyuter muhandislari va boshqalar jalb etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring