ChatGPT katta hajmdagi kontentlarni ham ma’nosini buzmasdan qisqartirib bera oladi

Opera va Opera GX brauzerlarida ham endi sun’iy intellektga asoslangan vositalar paydo bo‘ldi.
Yangi funksiyasi veb-sahifalardagi matnlar bilan ishlashda yordam beradi. Jumladan, brauzerda paydo bo‘lgan qisqartirish funksiyasi foydalanuvchilarga katta hajmdagi kontentni qabul qilish va tushunishni osonlashtiradi.
ChatGPT va ChatSonic veb-versiyalariga kirish foydalanuvchilarga g‘oyalar, xulosalar, tarjimalar, kod yozish, muammolarni hal qilish va yana boshqa ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi.
Opera hozirda brauzerning AI dasturining ikkinchi bosqichi va GPT asosidagi o‘z dvigateli ustida ishlamoqda. Ularga kirish uchun siz brauzeringizni yangilashingiz va Easy Setupga o‘tishingiz kerak.
Fevral oyida Microsoft Bing qidiruv tizimi va Edge brauzerining yangi AI versiyalarini taqdim etdi. Mart oyida esa kompaniya chat-botga navbatsiz kirish funksiyasini ochdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter