Uydagi tozalikka kelinlar emas, texnologiya mas’ul!

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Robot Vacuum S10 robot-changyutgichining sotuvi boshlanganini e’lon qildi.
Robot-changyutgich xonadoningizni nafaqat supuradi, balki chinnidek qilib artib ham beradi.
Ishlab chiqaruvchi yangi mahsulotni “Uydagi tozalik — texnologiya masalasidir” shiori ostida sotuvga qo‘ydi.
Changyutgich LDS lazerli navigatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u tozalash ishlarini aql bilan amalga oshiradi.
Chang artish xususiyati polning materialiga muvofiq uch xil rejimda ishlaydi. Qolaversa, aqlli "kelinchak" ikki soatdan ziyod miq etmay xizmatingizni qiladi.
Changyutgich Xiaomi/Mi Home APP dasturlari tomonidan boshqarilishi mumkin. Ushbu dasturlar orqali siz uyingizdagi cheklangan hududlarni belgilashingiz va hattoki virtual devorlar ham o‘rnatishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter