U 5 soniyadan keyin sizga nima bo‘lishini MRT ga qarab aytib berar emish

Sidney universiteti olimlari MRT tahlillari yordamida inson miyasining keyingi 5 soniyadagi faolligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Sun’iy intellekt kelajakni bashorat qilishi uchun endi faqat MRT natijalarining o‘zi yetarli.
Tadqiqotchilar 1003 nafar sog‘lom yoshlarning miya faoliyatini tahlil qilishdi.
Tajriba davomida turli xatti-harakatlar uchun mas’ul bo‘lgan 379 ta miya hujayralarini ko‘ra olishdi.
Insonning holatini bashorat qilishning aniqligi esa 99,7 foizni tashkil etdi. Ko‘rib turganingizdek, bu ideal natija!
Ishlab chiqilgan model kognitiv faollikni 10 daqiqadan keyingisini ham bashorat qila olardiyu, ammo oltinchi daqiqadan so‘ng xatolar soni eksponensial ravishda o‘sib boradi.
Bu texnologiya yordamida epileptik hurujlarni oldindan bilib, bemorlarga imkon qadar tezroq va samaraliroq yordam ko‘rsatish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter