Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rt oyoqli robot zarbalarga chidamli ekan (+video)

To‘rt oyoqli robot zarbalarga chidamli ekan (+video)

Foto: Hightech.fm

Karnegi Mellon universiteti qoshidagi Robototexnika instituti muhandislari og‘ir sharoitlarda muvozanatni saqlashga qodir bo‘lgan to‘rt oyoqli robot yasashdi. Qurilmaning muvozanatni saqlash qobiliyatini yaxshilash uchun koinotdagi sun’iy yo‘ldoshlarni boshqarishda foydalaniladigan uskuna qo‘llanilgan.

Ushbu boshqaruv texnikasi robotga oyoqlarining holatidan qat’iy nazar muvozanatni saqlashga imkon beradi. Jamoa tizimni bir qator tajribalarda sinab ko‘rdi. Natijada robotning to‘satdan zarba yoki yiqilishdan so‘ng muvozanatni tiklash qobiliyati ortgani ma’lum bo‘ldi.

Robot qiya yuzaliklarda harakat qilishni va hatto zinapoyaga chiqishni biladi. Muvozanatni saqlash qobiliyatini oshirish robotlardan foydalanishni ommalashtiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring