Sun’iy intellektning ushovidan tushovi qimmat ekan

Berlindagi Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi tadqiqotchilari ish joyida sun’iy intellektdan foydalanish qabul qilingan qarorlarning aniqligini oshirishini ko‘rsatdi. Ammo ko‘p hollarda bu odamlarni ortiqcha kuch sarflashga majbur qiladi.
Olimlar odamlarning o‘zlari qabul qilgan qarorlarini sun’iy intellektdan olingan bashoratlar va tavsiyalar bilan solishtirdilar. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanish (masalan, ko‘p sonli bemorlarga tezda tashxis qo‘yishda) insonning kognitiv sa’y-harakatlarini kamaytirish o‘rniga, aksincha, teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, sun’iy intellekt orqali ishdagi o‘rtacha aniqlik yaxshilanadi. Ammo kutilmagan hodisalar haqida gap ketganda, bunday emas: undan foydalanish xatolarni ko‘paytirishi va xodimlarga qo‘shimcha yuk olib kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter