“Sun’iy intellekt saylovga xalaqit beradimi?”

The Economist jurnalining yangi muqovasi sun’iy intellektning 2024-yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga ta’siriga bag‘ishlandi.
Maqoladan asosiy jihatlarni keltiramiz:
- “Tarixda dezinformatsiya doim odamlar tomonidan yaratilgan. [Бугун] generativ sun’iy intellekt (generativ SI rasm, matn, audio va boshqa ko‘plab shakllardagi yangi kontentlarni yaratadi) sohasidagi yutuqlar evaziga sintetik targ‘ibot qilish imkoni mavjud”.
- “2024-yilda [генератив сунъий интеллект] nimani o‘zgartirishi mumkin? Birinchidan —dezinformatsiyalar sonini: agar uning hajmi 1000 yoki 100 000 taga o‘zgarsa, u odamlarni boshqacha ovoz berishga ishontira oladi. Ikkinchidan — sifatga. Giperrealistik dipfeyklar (sun’iy intellekt yordamida yaratilgan o‘ta haqqoniy ko‘rinishdagi video, foto, audiolar), toki ular fosh etilguniga qadar, saylovchilarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Uchinchidan — mikrotargeting. Sun’iy intellekt tufayli saylovchilar yuqori darajada personallashgan o‘ta ulkan targ‘ibotga ko‘milishi mumkin”.
- “Generatsiyalashning yangi algoritmlari o‘ta hayratlanarli, biroq keraklicha sozalamalarsiz va inson ko‘magisiz ular olti barmoqli odamlarni chizishda davom etaveradi, bu esa personallashgan dipfeyklar yaratilishi ehtimolini pasaytiradi”.
- “Ayrimlar Amerikada ham Xitoydagi kabi qattiq nazorat [платформалар] o‘rnatilishiga chaqirishmoqda. U yerda sun’iy intellekt algoritmlari davlat organida ro‘yxatdan o‘tishi va asosiy ijtimoiy qadriyatlarni qaysidir ma’noda ifodalashi kerak. Bunday qattiq nazorat Amerika sun’iy intellekt sohasida erishgan innovatsiyalarni yo‘qqa chiqaradi”.
- “Amerikadagi 2024-yilgi prezidentlik saylov kampaniyasi dezinformatsiyalardan xoli o‘tmaydi. Biroq buning boshida ChatGPT kabi qandaydir yangi urfga kirgan narsalar emas, balki janob Tramp turadi”.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter