Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt saratonni oldindan aniqlash va davolashda yordam beradi  

Sun’iy intellekt saratonni oldindan aniqlash va davolashda yordam beradi   

Glazgo universiteti tadqiqotchilari Nyu-York universiteti xodimlari bilan hamkorlikda saraton kasalligiga qarshi kurashish uchun neyron tarmoqni ishlab chiqdi va o‘rgatdi. Tizim "Gistomorfologik fenotipni o‘rganish" deb ataladi.

Mualliflar 452 bemordan olingan o‘pka adenokarsinomasi to‘qimalarining namunalari bilan minglab yuqori aniqlikdagi tasvirlardan foydalanganlar. Fotosuratlar AQSh Milliy saraton institutining Saraton Genom Atlas ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Rasmlarning ko‘pchiligi bemorlarda saraton kasalligining rivojlanishini tavsiflovchi ma’lumotlar bilan birga keladi.

Olimlar tasvirlarni minglab mayda bo‘laklarga ajrata oladigan mashinani o‘rganish algoritmini ishlab chiqdilar. Ularning har biri oz miqdorda inson to‘qimasini taqdim etadi. 

Neyron tarmoq ushbu jarayonda har bir  hujayralarning har qanday vizual anormalliklarini aniqlash va tasniflashni o‘rganadi.

Neyron tarmog‘i yordamida qilingan bashoratlar ma’lumotlar bazasidagi haqiqiy natijalarga mos keldi. SI 72 foiz hollarda kasallikning remissiyadan chiqish ehtimoli va vaqtini to‘g‘ri baholadi. Ushbu texnologiya yordamida shifokorlar bemorlardagi kasalliklarni tezroq tashxislashlari, kelajakda saraton kasalligini davolash statistikasini yaxshilashlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring