Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonlik talabalar sun’iy intellekt bo‘yicha kursdan o‘tishlari talab etiladi

Qozog‘istonlik talabalar sun’iy intellekt bo‘yicha kursdan o‘tishlari talab etiladi

Foto: Finam

Endi qozog‘istondagi barcha talabalar sun’iy intellekt kursidan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Bu haqda fan va oliy ta’lim vaziri Sayasat Nurbek ma’lum qildi.

- Sun’iy intellektni o‘zlashtirgan mutaxassislarga talab yuqori bo‘ladi, o‘zlashtirmaganlar esa ishini yo‘qotadi. Barcha talabalar sun’iy intellekt sohasida asosiy bilimlarga ega bo‘lishlari uchun harakat qilyapmiz va buni majburiy tartibda o‘rnatmoqchimiz, - dedi Sayasat Nurbek.

Avvalroq Prezident Qosim-Jomart Toqayev sun’iy intellekt, blokcheyn, buyumlar interneti kabi yangi tushuncha va texnologiyalarning keng joriy etilishi deyarli barcha mamlakatlarda o‘yin qoidalarining o‘zgarishiga olib kelayotganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra, 2027 yilga borib dunyoda 14 million ish o‘rni sun’iy intellekt tufayli yo‘qolishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring