Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neyrotarmoq nazdida kelajakning eng zo‘r kasblari qaysi?

Neyrotarmoq nazdida kelajakning eng zo‘r kasblari qaysi?

Foto: Charivari.de

ChatGPT kelajakning muvaffaqiyatli kasblarini sanab o‘tdi. U birinchi o‘rinda sun’iy intellekt bo‘yicha muhandis-dasturchini tilga oldi. Neyrotarmoqning nazdida algoritmlar, sun’iy intellekt modellari, mashinani o‘rgatish texnikalari bilan shug‘ullanuvchilarning oshig‘i olchi bo‘larkan.

Ikkinchi o‘rinda robototexnika turibdi. Faoliyati robotlarni loyihalash, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilish, ta’mirlash bilan bog‘liq mutaxassislar talabgir bo‘lishi kutilmoqda.

Uchinchi o‘rinni kiberxavfsizlik choralarini ko‘ruvchi xodimlar egallaydi. Chunki kompyuter tizimlarini himoyalash, ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlash dolzarbligicha qolaveradi.

Shuningdek, biotexnologlar, virtual reallik, blokcheyn muhandisi, energetika muhandisi, data-tahlilchi, internet dasturchilari kelajakda "ketmoni uchadiganlar" sirasiga kirar ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring