Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Photoshopda yangi sun’iy intellekt cho‘tkalari mavjud

Endi Photoshopda yangi sun’iy intellekt cho‘tkalari mavjud

Foto: Ferra

Adobe Photoshop va Illustratorga ishingizni tezlashtirish va jarayonni ko‘proq nazorat qilish uchun yangi SI xususiyatlarini qo‘shdi.

Photoshop takrorlanuvchi vazifalarni bajarishda yordam berish uchun Selection Brush Tool va Adjustment Brush Tool kabi SI cho‘tkalarini taqdim etdi.

Type Tool va Contextual Taskbar ham takomillashtirildi va kontent yaratish endi Adobe Fireflyning so‘nggi versiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Illustrator Generative Shape Fill funksiyasini qo‘shadi, bu sizga matn takliflari asosida shakllarni batafsil vektorlar bilan to‘ldirish imkonini beradi.

Bu funksiya tahrirlanishi mumkin bo‘lgan vektor ob’yektlarini yaratadi. Bundan tashqari, kiyim yoki qadoqlash kabi haqiqiy ob’yektlardagi rasmlarni vizualizatsiya qilish uchun Mockup xususiyati mavjud.

Bundan tashqari, Illustrator  endi oson almashtirish uchun vektorlar yoki rasmlardan shriftlarni tanib olish imkoniyatiga ega va “Text to Pattern” funksiyasi tahrirlanadigan fonlarni yaratishga imkon beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring