ChatGPTning xitoylik raqibi sizga yoqarmikin?

Mamlakatning eng yirik qidiruv provayderi bo‘lgan Xitoyning Baidu kompaniyasi o‘zining Ernie nomli chatboti keng omma uchun ochiq bo‘lganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning ChatGPTga qarshi chatboti shu yilning mart oyida e’lon qilingan edi. Avvaliga chatbotning sinov versiyasi cheklangan foydalanuvchilar guruhigagina sinovdan o‘tkazish uchun taqdim etildi.
Chunki xitoylik regulyatorlar bunday xizmatlar dastlab ko‘pchilik tomonidan ma’qullangandan keyingina ommaviy ravishda foydalanishga topshirilishi mumkinligini aytishgan.
Aytishlaricha, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontent asosiy sotsialistik qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, milliy xavfsizlikka tahdid solmasligi, terrorizm va zo‘ravonlik tashviqoti, pornografiya, yolg‘on va zararli ma’lumotlardan holi bo‘lishi lozim.
Ernie chatbotini Baidu veb saytidan yoki mobil ilovasidan yuklab olishingiz mumkin. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, ushbu xizmatdan endilikda barcha to‘liq foydalanishi mumkin.
Hozirgacha Xitoy regulyatorlari sun’iy intellektga asoslangan chatbotlarni ommaviy ishga tushirish uchun jami 11 ta ruxsatnoma berdi.
Aytish joizki, Baidudan tashqari, Xitoyning SenseTime, Baichuan Intelligent Technology va Zhipu kompaniyalari ham ana shunday chatbotlarni keng omma e’tiboriga havola etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter