Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ChatGPT qadimiy IBM kompyuteriga o‘rnatildi

ChatGPT qadimiy IBM kompyuteriga o‘rnatildi

Foto: Hi-tech.mail.ru

Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan chat-bot brauzer, smartfon, messenjer va hatto aqlli soatlaridan joy egallab ulgurdi. Endi navbat retro-qurilmalarga kelibdi.

Dasturchi Yeo Kxen Men ChatGPT uchun ajoyib platforma topdi. U eski IBM kompyuteriga neyrotarmoqni o‘rnatdi. IBM 5155 kompyuteri 1984 yili chiqqandi. 

ChatGPT bu qadimiy kompyuterga qiyinchilik bilan o‘rnatildi, lekin tajriba muvaffaqiyatli yakunlandi. Neyrotarmoq retro-kompyuterda binoyidek ishladi. U savollarga javob beryapti, dasturlash kodini yozyapti, maqolalar ijod qilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring