Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aqlli AI routeri haqida eshitdingizmi?

Aqlli AI routeri haqida eshitdingizmi?

Foto: 4PDA

D-Link kompaniyasi aqlli AI routerini taqdim etdi. Original dizaynda ishlab chiqarilgan yangi mahsulot Aquila Pro M30 deb nom oldi.

Qurilmaning asosiy xususiyatlari – ulanish sifatini sun’iy intellekt yordamida optimallashtirish, aqlli uy va ovozli yordamchi funksiyalari uchun Matter protokolini qo‘llab-quvvatlash. Ma’lumot uchun, Aquila Pro M30 Wi-Fi 6E tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, Router beshta ichki antenna, gigabit WAN porti va bir xil o‘tkazish qobiliyatiga ega to‘rtta LAN bilan jihozlangan.

Routerning AI algoritmlari bir nechta funksiyalarni bajaradi. Jumladan, kanalni avtomatik ravishda tanlash, 8K video oqimi, onlayn o‘yinlar va video qo‘ng‘iroqlar uchun tarmoqni optimallashtirish.

Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, Aquila Pro M30 simsiz tarmoqning 3000 Mbit/s gacha aloqa o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi va real vaqt rejimida kirish nuqtasining ishlashini nazorat qiladi.

ma’lumotlarni haftalik hisobotlarga to‘playdi, ularni hatto uydan uzoqda bo‘lganingizda ham o‘qishingiz mumkin. Yangi mahsulotning narxi va sotuvga chiqish sanasi hozircha ma’lum emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring