Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yandeks brauzerida yangi funksiya

Yandeks brauzerida yangi funksiya

Foto: "yandex.uz"

Yandeks jamoasi o‘zining xususiy brauzerida yangi foydali funksiya ishga tushirilgani haqida e’lon qildi.

Endi Yandeks brauzeri foydalanuvchilari bir vaqtning o‘zida turli mavzular bo‘yicha bir nechta havolalarni osongina yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu yorliq guruhlarini almashish qobiliyatini beradi. Misol uchun, o‘zingizga qiziq mavzuda havolalarni saqladingiz, endi ularni do‘stlaringizga yuboring, ular ham ko‘rishlari mumkin.

Ishlab chiquvchilar ta’kidlaganidek, texnik tomondan cookie fayllari emas, balki faqat havolalar uzatilishi muhimdir. Shuning uchun, boshqalarga havolani yuborish uchun saytdagi akkautdan chiqish shart emas.

Yorliqlar guruhini yuborish uchun «Skopirovat ssilku na gruppu » tugmasini bosishingiz kerak. Agar Yandeks brauzerida havolani ochsangiz, unda bir xil yorliqlar guruhi paydo bo‘ladi va agar boshqasida bo‘lsa, havolalar ro‘yxati bilan sahifa ochiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring