Windows 10 sotuvi to‘xtatildi

Mashhur operatsion tizim sakkiz yildan ortiq ishlagandan so‘ng nafaqaga chiqishga tayyorlanmoqda. Kompyuterlarda allaqachon o‘rnatilgan tizim 2025 yilgacha faol bo‘ladi, biroq endi litsenziyalangan versiyani rasmiy onlayn va oflayn do‘konlarda sotib olishning iloji yo‘q.
Microsoft 2023 yil 1 fevraldan boshlab Windows 10 uchun faollashtirish kalitlarini taqdim etishni to‘xtatishi haqida allaqachon ogohlantirgan edi. Ularni endi Microsoft Store’dan topa olmaysiz. Endi u yerda faqat Windows 11 uchun kalitlarni sotib olishingiz mumkin, deb belgilaydi Windows Latest.
Qoida butun dunyo uchun ishlaydi. So‘z Windows 10’ning barcha versiyalari: Home, Pro va Workstation sotuvini to‘xtatish haqida ketmoqda. Ular uchun tavsif sahifalarida foydalanuvchilar Windows 11’ga yo‘naltiriladi va so‘nggi versiyaga yangilash taklif etiladi.
Windows 10’ning sotuvi tugashi ushbu tizimga ega kompyuterlar ishlamay qolishini anglatmaydi. OT eski versiyasini qo‘llab-quvvatlash 2025 yil 14 oktyabrgacha davom etadi. Bu sanadan keyin ham tizim ishlaydi, ammo rasmiy yangilanishlar va xavfsizlik patchlariga ega bo‘lmaysiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter