Superkompyuter futbol bo‘yicha jahon chempionati finalida kim g‘olib bo‘lishini aytdi
Ma’lumki, 20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. Turnir 18 dekabrda tugaydi. Lekin Opta tahliliy kompaniyasining superkompyuteri qaysi terma jamoada g‘olib bo‘lish ehtimoli yuqoriligini aytib bo‘ldi.
Superkompyuter sun’iy intellektga asoslangan. U barcha yillardagi chempionat ma’lumotlarini to‘playdi va tahlil qiladi. Uning farazlariga ko‘ra, Braziliya g‘olib bo‘ladiganga o‘xshaydi (imkoniyati 15,8%). Agar taxmini rost chiqsa, bu mamlakat olgan kuboklari soni 6 taga yetadi.
Ikkinchi o‘rinda 12,6% imkoniyat bilan Argentina, uchinchi o‘rinda esa imkoniyati 12,2% ga teng Fransiya turibdi. Finalga Braziliya va Germaniya yetib kelar emish.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter