Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt uchun superkompyuter — Condor Galaxy 1 ishga tushdi

Sun’iy intellekt uchun superkompyuter — Condor Galaxy 1 ishga tushdi

Foto: Cerebras

Condor Galaxy 1 superkompyuteri taqdim etildi — uning ish unumdorligi (tezligi) 4 eksaflopsga teng. Bu qudratli mashina sun’iy intellektni o‘qitishda qo‘llaniladi.

Solishtirish uchun: Top-500 reytingini boshqarayotgan Frontier superkompyuterining tezligi — 3,3 eksaflops.

Bu hali boshlanishi, chunki Condor Galaxy 1 — qurilishi mo‘ljallanayotgan 9 ta superkompyuterning dastlabkisi. Birgalikda yagona tarmoqni tashkil etuvchi bu superkompyuterlarning umumiy kuchi 36 eksaflopsni tashkil etadi yoki shu paytgacha jahonda eng zo‘r hisoblangan superkompyuterdan qariyb 11 karra kuchli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring