Sun’iy intellektga ega akvarium

Tayvan ilmiy-tadqiqot instituti sun’iy intellekt asosida ishlaydigan akvarium taqdim etdi. U okeanarium tashrifchilarining nigohini nazorat qiladi va shunga muvofiq odamning ko‘zi tushgan baliq haqida ma’lumot beradi.
3D-kamerali datchiklar bunga imkon beradi. Barcha ma’lumotlar microLED-ekranda namoyon bo‘ladi. Yanada ko‘proq ma’lumot xohlagan odam qo‘l harakatlarini amalga oshirsa bas, ekranda detallar paydo bo‘ladi.
Sun’iy intellekt tizimi hozirda Tayvan milliy dengiz ilmi va texnika muzeyida foydalanilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter