Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robo-taksi jiddiy avtohalokatlarsiz 1,6 million km masofani bosib o‘tdi

Robo-taksi jiddiy avtohalokatlarsiz 1,6 million km masofani bosib o‘tdi

Foto: Ixbt.com

Robo-taksi ishlab chiqaruvchi Waymo kompaniyasi joriy yilning yanvar oyida avtonom haydash 1,6 million kilometrdan oshib ketganini ma’lum qildi. Kompaniya harakat xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar bilan ham bo‘lishdi - bu vaqt oralig‘ida bor-yo‘g‘i 20 ta baxtsiz hodisa yuz berdi va ularning barchasi jiddiy emas, jarohatlarsiz kechgan.  

Baxtsiz hodisalarning har biri bir yoki bir nechta yo‘l harakati qoidalarini buzish yoki boshqa transport vositasi haydovchilarining xavfli xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Waymo har safar to‘plangan xavfsizlik ma’lumotlarini e’lon qilish orqali o‘z raqiblarini ortda qoldirmoqda.

Startap 2009 yilda Alphabet tomonidan o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil loyihasi sifatida ishga tushirilgan. 2016 yilda Google loyihasi rasman Waymo nomini oldi. O‘shandan beri kompaniya bir nechta shtatlarda turli xil o‘zini o‘zi boshqaradigan mashinalarni sinovdan o‘tkazdi.

U ishga tushganidan beri Arizona shtatidagi Chandler aholisidan haydovchisiz sayohatlar uchun haq olib kelayotgan edi, endi esa San-Fransiskoda ishga tushiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring