Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Kecha Prezident raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilgan ishlar yetarli emasligini, IT xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollargacha oshirish reja qilinganini qayd etdi.

Yig‘ilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliya idoralarida 32 ta, “O‘zstandart”da 29 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmagani qayd etildi.

IT sohada dasturiy mahsulot ishlab chiqarishda ham, eksportda ham hududlar kesimida nomutanosiblik kuzatilayotgani, asosiy qism Toshkent shahriga to‘g‘ri kelayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Majlisda aholi muammolarini hal qilish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududlarni raqamlashtirish uchun moliyaviy manbalarni kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

Prezident barcha biznes jarayonlarini hamda aholi uchun eng zarur xizmatlarni to‘liq raqamlashtirib, o‘zaro integratsiya qilish vazifasini qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari yoshlarni ITga o‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta’kidladi.

Olis va chekka hududdagi yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish uchun alohida telekanal tashkil qilingan. Raqamlashtirish vazirligiga ushbu telekanalda ITga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va kamida 30 foiz qiziqarli kontentlarni joylashtirishni ta’minlash topshirildi.

IT xizmatlar eksportini yanada oshirish uchun IT park rezidentlariga xorijiy buyurtmalarni jalb qilishga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishi belgilandi.

Ushbu tadbirda tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha belgilangan asosiy vazifalar bo‘yicha infografika taqdim etildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring