Qaysi iPhone qurilmalari iOS 17 ga o‘tishdan mahrum bo‘ldi?

So‘nggi besh yil ichida chiqarilgan iPhone smartfonlari Applening iOS 17 mobil operatsion tizimining yangi versiyasiga ko‘tarilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda PhoneArena xabar bermoqda.
iPhonelar odatda besh yil davomida dasturiy ta’minot yangilanishlarini oladi (iPhone 6S bundan mustasno), shuning uchun iOS 17 operatsion tizimidan 2018-yildan boshlab ishlab chiqarilgan qurilma egalarigina foydalanishlari mumkin.
Aniqroq qilib aytganda, iOS 17 operatsion tizimi iPhone XS va undan yangiroq modellarda mavjud bo‘ladi. Ro‘yxatga iPhone XS Max, iPhone XS, iPhone 11, iPhone 12, iPhone 13 va iPhone 14 ning barcha versiyalari, shu jumladan Pro modellari ham kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter