Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ta aqlli velosiped

O‘ta aqlli velosiped

Foto: "Ixbt.com"

“Urtopia” kompaniyasi “Carbon E-Bike” elektrik velosipedni taqdim etdi. 14 kilogramm vaznli ushbu velosiped GPS, eSIM, Wi-Fi, Bluetooth, 4G radar va giroskop bilan ishlaydi.

Velosipedning innovatsion ruli ovozli boshqaruvga ega. Radar haydovchini yaqin atrofdagi transport vositalaridan ogohlantiradi. Giroskop ehtimoldagi xavfli holatlar haqida xabar berib turadi.

Velosiped egasining barmoq izlarini taniydi va shu yordamida qulflanadi va ochiladi. Uni to‘liq quvvatlantirishga 2,5 soat vaqt ketadi.

Orqa va old fonusli chiroqlarlarga, shuningdek burilishni ko‘rsatuvchi bir juft projektorlarga ega.

Tezlik AQSh uchun 32 km/s., Yevropada 26 km/s. etib belgilangan.  Velosipedning narxi 3 ming dollar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring