Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Neyrotarmoq nazdidagi eng chiroyli ayol va eng kelishgan erkak qanday bo‘ladi?

Neyrotarmoq nazdidagi eng chiroyli ayol va eng kelishgan erkak qanday bo‘ladi?

Foto: Hi-tech.mail.ru

Go‘zallikni har kim o‘zicha tushunadi. Bugungi kun neyrotarmoqlarida ham did shakllanmoqda. NordChem kosmetik brendi dunyodagi ko‘rkam insonlar qiyofasini aniqlash uchun Midjourney neyrotarmog‘iga murojaat qildi.

Ma’lum bo‘ldiki, neyrotarmoq nazdida Yer yuzidagi eng go‘zal qizda to‘q rangli uzun jingalak soch, jigarrang bodom ko‘z, quyuq qosh, qalin lab, bug‘doyrang va sepkilli yuz bo‘lishi kerak. Kelishgan erkakni esa ochroq rangdagi teri va ko‘z, yonoq suyaklari bo‘rtib chiqqan qirrali yuz istarali qiladi. Erkaklarga ko‘proq ma’yus, jiddiy nigohlar yarashar emish.

Neyrotarmoqqa bunday tushunchalarni singdirish oldidan ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p layk yiqqan yuzlar to‘planib, tahlil qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring