Mobil telefonlarning “bobo”si urushda tug‘ilgan
1900 yili Nikola Tesla quyidagi gaplarni yozib qoldirgan edi: “Uning yordami bilan ma’lum bir joyda turgan telefon abonenti Yerning istalgan qismidagi boshqa abonentlarga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Hajmi qo‘l soatidan katta bo‘lmaydi, narxi arzon. U orqali xoh quruqlikda, xoh dengizda ovozli xabar berishingiz va u tomondagi tovushlarni eshitishingiz mumkin”. Sezgan bo‘lsangiz kerak, bu yerda cho‘ntak telefonlari haqida so‘z yuritilmoqda.
1910 yili amerikalik jurnalist Robert Sloss mobil telefonlar paydo bo‘lishi yuzasidan o‘z bashoratlarini berdi.
Ikkinchi jahon urushi vaqti olim Georgiy Ilich Babat monofonlarlarni taklif qildi. Bu avtomatik radiotelefonlar 1000-2000 MGs santimetr diapazonda ishlagan. Raqam telefonning o‘zida kodlangan, klaviatura, diktofon va avtoxabarchi funksiyalarga ega edi.
1943 yili matbuotda monofon haqida qalamlaridan bol tomib yoza boshlashdi: “Abonent qayerda bo‘lmasin: uyda, mehmonda, ishda, teatrda, stadionda – shaxsiy monofonini yoqib, muloqotga kirishishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida bir qancha abonentlar ham bir-biriga xalaqit bermagan holda aloqaga chiqa oladilar”.
1946 yili Motorola tadqiqotlar laboratoriyasi - Bell Laboratories AQShda ilk tijoriy mobil telefon xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
1961 yilda L.I. Kupriyanovich 70 grammli cho‘ntak telefonini ixtiro qildi.
1973 yili ko‘tarib yursa bo‘ladigan mobil telefon prototipi Motorola DynaTAC yaratildi. Birinchi qo‘ng‘iroq 3 aprel kuni amalga oshirilib, ixtirochi o‘z raqobatchisiga sim qoqqan.
Bundan keyingi tarix ham ko‘plab mobil telefonlarga guvoh bo‘ldi, texnika tobora takomillashib bordi. 1992 yidan GSM davri kelib, mobil telefonlar ancha rivoj topdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter