2024-yilda Apple Watch uchun MicroLED displeylari ishlab chiqariladi

2024-yilning ikkinchi yarmida LG Display Apple Watch uchun MicroLED displeylarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Ushbu texnologiyaga o‘tish qurilmalarning ranglarini ko‘paytirish va kontrastini yaxshilaydi.
Sanoat tahlilchisi va Display Supply Chain Consultants va DisplaySearch tadqiqot kompaniyalari asoschisi Ross Youngning so‘zlariga ko‘ra, qaysi modellar MicroLED displeyiga ega bo‘lishi hali aniq emas. Biroq u buning uchun Apple Watch Ultrani tanlash maqsadga muvofiqroq bo‘lishini aytdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, MicroLED texnologiyasi nafaqat Apple qurilmalarida, balki Samsung gadjetlarida ham qo‘llaniladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter