Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyuter korpusida baliqlar suzib yuribdi

Kompyuter korpusida baliqlar suzib yuribdi

Foto: "Gazeta.ru"

Xitoydagi "MetalFish" kompaniyasi yangi kompyuter korpusi ishlab chiqardi. U "Y2 Fish Tank Chassis" deb nomlanib, korpusdan baliqlar uchun akvarium o‘rin olgan.

Noodatiy korpus kompyuter foydalanuvchining rohatlanishi va tinchlanishiga xizmat qiladi. Uning hajmi 370x250x290mm. Akvarium korpusning yarmini egallaydi va unga 13 litr suv ketadi.

Akvariumning filtr-nasosi USBga ulanadi. Ammo kompyuterdan ko‘p foydalanish akvariumni qizdirib yuborib, baliqlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Korpus Xitoyda sotuvga qo‘yilgan, narxi 75 dollar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring