Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klaviatura - kompyuter va mashinkadan tug‘ilgan bola

Klaviatura - kompyuter va mashinkadan tug‘ilgan bola

Foto: "Wikipedia"

Zamonaviy kompyuter klaviaturasining tarixi XIX asrda oddiy yozuv mashinkasi paydo bo‘lishi bilan boshlangan. Aslida birinchi kompyuterlarda klaviatura bo‘lmagan. Ma’lumotlar kompyuterga mexanik kalitlar va simlarni o‘rnatish yoki perfokartalar yordamida kiritilgan.

Klaviatura yordamida kompyuter bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’sir qilish bo‘yicha birinchi tajribalardan biri 1956 yilda Massachusets texnologiya institutida o‘tkazilgan. Duglas Ross kompyuterga elektr yozuv mashinkasini ulashni taklif qildi va tajriba muvaffaqiyatli yakunlandi.

1868 yilda ixtirochi Kristofer Shoulz o‘z g‘oyasini alifbo tartibida joylashtirilgan belgilar to‘plami sifatida patentladi.

Mini va mikrokompyuterlarning paydo bo‘lishi bilan klaviatura to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga ulanishi mumkin edi. Biroq, bu klaviaturalar ham to‘liq universal qurilmalar emas edi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki mos keladigan qurilmalar orqali kompyuter portlariga ulangan.

Yozuv mashinkasini kompyuter klaviaturasiga aylantirishning eng muhim voqealaridan biri fransuz muhandisi Jan Moris Bodo tomonidan telematerialni ixtiro qilishi bo‘ldi. Bu usul telegrafni almashtirdi, unda ma’lumot ikki usul ("nuqta-chiziq", keyinroq "signal-signal yo‘q") yordamida kodlangan. Baudot aloqasida alifbo harflarini kodlash uchun besh bitli kod ishlatilgan, uning yordamida murakkab elektromexanik qurilmalar qabul qilingan matnni qog‘ozga bosib chiqargan. Ushbu uzatish prinsipi start-stop deb ataladi. Aloqa sinxron bo‘lib, telegraf operatori tugmani faqat maxsus ovozli signal qabul qilganda bosishi kerak edi.

IBM PS klaviaturalari dastlab 83 ta tugmachaga ega bo‘lib, shundan 10 tasi funksional edi. 1984 yildan e’tiboran keng tarqalgan yangi klaviatura standarti paydo bo‘ldi.  

Klaviaturalarning keyingi avlodi 1986 yilda “Model M” klaviaturasining joriy etilishi bilan boshlandi. Unda yuzdan ortiq tugmachalar bo‘lgan.  

Bir necha yil o‘tib ishlab chiqaruvchilar klaviaturalarni standartlashtirish yo‘lida yana bir qadam tashladilar. Ko‘plab yangi funksiyalar qo‘shildi, ammo yangi klaviatura va uning o‘tmishdoshlari o‘rtasidagi asosiy farq boshqaruv bloki edi. Yangi klaviaturlarda kщp ishlatiladigan tugmachalar kattalashdi va qurilmadan foydalanish qulaylashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring